date

Radimov: Argentina Jahon chempionatida yuksak natija ko'rsatishi kerak


Argentina terma jamoasi 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada o'tkaziladigan Jahon chempionatida yaxshi natija ko'rsatishi kerak. Bu haqda "Zenit"ning sobiq yarim himoyachisi Vladislav Radimov o'z fikrlarini bildirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, bunga barcha imkoniyatlar mavjud. "Argentina g'alaba qozonish ehtimoli yuqori.

Ular juda yaxshi jamoaga ega – tajribali futbolchilar va yoshlardan iborat tarkib shakllangan. Messi o'rnini egallashga qodir futbolchilar bor.

Bundan tashqari, agar Lionel Messi yaxshi sport formasida bo'lsa, bu jamoaga katta kuch bag'ishlaydi. Argentina yuksak marralarni zabt etishi kerak", – dedi Radimov "Match TV" efirida.

Eslatib o'tamiz, Argentina hozirgi jahon chempionlari hisoblanadi. 2026-yilgi mundialning guruh bosqichida Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa Avstriya, Iordaniya va Jazoirga qarshi o'ynaydi.

Musobaqa 2026-yilning 11-iyunidan 12-iyuligacha bo'lib o'tadi. Bu safar mundialni bir vaqtning o'zida uch davlat qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Radimov: Argentina Jahon chempionatida yuksak natija ko'rsatishi kerak