date

Flik Yamalning o‘sishini ko‘rib quvonyapti, o‘yini muxlislarni maftun etmoqda

Flik Yamalning o‘sishini ko‘rib quvonyapti, o‘yini muxlislarni maftun etmoqda

“Barselona”ning bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning yosh yulduzi — Lamin Yamalning bu mavsumdagi porloq o‘yini haqida samimiy va baland bahosini aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, Lamin nafaqat individual mahorat, balki jamoaviy fikrlash, hujum va himoyadagi mas’uliyati bilan ham e’tiborga loyiq bo‘lib bormoqda.

Flik ta’kidlaishicha, Yamalning “Atletiko”ga qarshi o‘yindagi harakatlari — ayniqsa, joyidagi intensiv pressing va to‘xtovsiz harakati — jamoaning umumiy ritmini ko‘tarib, raqibni qiyin ahvolga solgan. Murabbiyning fikriga ko‘ra, yosh futbolchi har bir o‘yinda o‘z ustida ishlayotgani, mashg‘ulotlarda katta mehnat qilayotgani va bu jarayon Flikni hayratga solayotgani yoqimli hol.

“Bugungi mashg‘ulotda ko‘rganlarim menga juda yoqdi. Uning har bir qadamida ishtiyoq, har bir harakatida rivojlanishga intilish bor. Laminni ‘Barselona’da shunday darajada ko‘rish — murabbiy uchun katta baxt”, — degan Flik Football Espana nashriga.

Murabbiyning yana bir e’tiborli fikri — Yamalning xarakter xususiyatlari. U yerga qulagani uchun penalti qidirmaydigan, raqibni aldab o‘tgach, to‘xtab qolmaydigan, aksincha yoki pas izlaydigan, yoki yana bir futbolchini ortda qoldirishni istaydigan jasur o‘yinchi sifatida tavsiflandi. Bu esa Yamalning yoshiga nisbatan katta yetuklik ko‘rsatadi.

Statistika ham yosh hujumchining o‘sishini tasdiqlaydi: joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va yana 7 ta assist bilan jamoasiga hissa qo‘shgan. Bu ko‘rsatkichlar 18 yoshli futbolchi uchun juda jiddiy daraja.

Lamin Yamal katta futbolda qadamma-qadam yulduzga aylanib borayotgani aniq. Flikning ishonchi va unga nisbatan bildirgan yuqori ehtiromi esa muxlislar uchun yanada katta umid va quvonch bag‘ishlaydi. “Barselona”da yangi avlodning yetakchisi bo‘lishiga ishonch kuchaymoqda — muxlislar esa uning har bir o‘yinidan bahra olishda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Yamalning o‘sishini ko‘rib quvonyapti, o‘yini muxlislarni maftun etmoqda