date

Portugaliyaning Osiyoga qarshi tarixi: termamiz uchun muhim signal

Portugaliyaning Osiyoga qarshi tarixi: termamiz uchun muhim signal

Kecha bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati–2026 qur’a tashlash marosimi butun mamlakatni bir holatga keltirdi — O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ilk mundialida "K" guruhidan joy oldi. Raqiblar juda nufuzli: Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya, katta tajribaga ega Kolumbiya va pley-off g‘olibi bo‘ladigan jamoa.

Shu nuqtada Portugaliyaning mundiallar tarixida Osiyo qit’asiga qarshi o‘yinlar statistikasi yanada qiziq tuyuladi. Yevropaning eng kuchli termalaridan biri bo‘lgan portugallar Osiyo vakillariga qarshi 6 marta maydonga tushgan va natijalar mutlaq ustunlikni ham, kutilmagan yutqazishlarni ham o‘z ichiga oladi.

Umumiy hisob: 3 ta g‘alaba, 1 durang, 2 mag‘lubiyat.

Portugaliyaning Osiyoga qarshi mundial bahslari shunday ko‘rinishga ega:

• 1966 — Portugaliya 5:3 KXDR

Yevropa termasi o‘sha yillar afsonasi Eysebio boshchiligida kechgan dramatik o‘yinda katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozongan.

• 2002 — Portugaliya 0:1 Janubiy Koreya

Mezbonlar syurprizi sifatida yodda qolgan o‘yin.

• 2006 — Portugaliya 2:0 Eron

Muvozanatlashgan tarkib o‘z ustunligini namoyish etgan bellashuv.

• 2010 — Portugaliya 7:0 KXDR

Mundial tarixidagi yorqin natijalardan biri.

• 2018 — Portugaliya 1:1 Eron

Guruh bosqichidagi qiyin bahs — Eron kurasha olishini isbotlagan o‘yin.

• 2022 — Portugaliya 1:2 Janubiy Koreya

Yana bir sensatsiya. Koreya bu safar ham kutilmagan natija qayd etdi.

Portugaliyaning Osiyo jamoalariga qarshi o‘yinlari ko‘rsatadiki — raqib qay darajada kuchli bo‘lmasin, Osiyo futbolining dinamikasi va intizomi ularni qisman qiynar ekan. Bu esa O‘zbekiston uchun ilhom beradigan jixatlardan biri.

2026-yilda termamiz Yevropa grandiga qarshi yangi tarix yozish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Raqib kuchli, ammo vaziyat umuman umidsiz emas — mundialga yo‘l olgan jamoaning har bir o‘yinida imkoniyat bor.

Muxlislar esa bitta narsadan ishonchda: bu yilgi jahon chempionatida O‘zbekiston termasi kurashdan chekinmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Portugaliyaning Osiyoga qarshi tarixi: termamiz uchun muhim signal