date

Flik nega Yamalni yangi pozitsiyada o'ynatdi?

Flik nega Yamalni yangi pozitsiyada o'ynatdi?

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lamin Yamalni “o‘nlik” pozitsiyasida o‘ynatish qarorining sabablarini tushuntirdi. 18 yoshli futbolchi La Liga doirasidagi shanba kuni “Betis”ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklarga 5:3 hisobida g‘alaba qozonishda yordam berdi va penalti orqali gol urdi.

Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar Flikdan Yamal “o‘nlik”da o‘ynayotgani, uning o‘ng qanot hujumidagi o‘rnini esa Runi Bardgji egallaganini so‘rashdi. “Men shunchaki futbolchilarning ismi yozilgan qog‘ozlarni qutiga solib, chayqadim va shunday tanlov qildim.

Hazillashayotganim yo‘q. O‘yindan oldin Lamin bilan gaplashdim va undan “o‘nlik” rolida o‘ynashga tayyormisiz, deb so‘radim. U rozilik bildirdi. Runi esa asosiy tarkibda o‘ynashga loyiq edi va bugun o‘zini ajoyib namoyon etdi.

Hamma Yamal va Bardgji o‘rtasidagi ajoyib o‘zaro hamkorlikni ko‘rdi,” – dedi Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal. “Barselona” 16 turdan so‘ng 40 ochko to‘plab, Ispaniya chempionati jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik nega Yamalni yangi pozitsiyada o'ynatdi?