Simeone "Atletiko"ning magʻlubiyatini sharhladi

Simeone "Atletiko"ning magʻlubiyatini sharhladi
Madridning "Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone "Atletik" Bilbaoga qarshi oʻyindagi magʻlubiyat (0:1) yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi. "Matraschilar" La Liga 16-turida safarda oʻtkazilgan bahsda 85-daqiqada gol oʻtkazib, magʻlubiyatga uchradi.

Turnir jadvalida peshqadam "Barselona"dan orqada qolish 9 ochkoga yetdi. "Bizda aniq gol urish imkoniyatlari boʻldi, ammo oʻyin raqibning ssenariysi boʻyicha kechdi.

Eng kuchli jamoalardan tashqari deyarli barcha klublar safarda qiyinchiliklarga duch keladi", – dedi Simeone jurnalistlarga bergan intervyusida. 9-dekabr kuni "Atletiko" Chempionlar Ligasi doirasida safarda Niderlandiyaning PSV jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar