date

Gvardiola: Cherkining rabonasi Messini ham lol qoldirishi mumkin

Gvardiola: Cherkining rabonasi Messini ham lol qoldirishi mumkin

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola navbatdagi matbuot anjumanida yosh fransuz iste’dodi Rayan Cherki haqida baland baho berdi va uning mahoratini hatto Lionel Messi bilan solishtirdi. Bunga sabab — “Sanderlend”ga qarshi 3:0 hisobidagi g‘alabada Cherkining mehmonlarni hayratga solgan rabona uslubidagi golli uzatmasi bo‘ldi. Uning zarbasi natijasida Fil Foden muhim golni urdi.

Gvardiola Cherkining katta shaxsiyat sifatida shakllanayotganini, yoshiga qaramay, o‘yinga ta’sir o‘tkaza olishini ta’kidladi:

“Rayan juda iste’dodli futbolchi. U murakkab vaziyatlarda ham o‘zini yo‘qotmaydi. Hujum chizig‘ida qilgan maxsus harakatlari — uning haqiqiy qobiliyatining bir qismi. Lekin men eng ko‘p hurmat qiladigan sifat — bu uning texnikasi emas”, — dedi murabbiy.

Pep Cherkining rabonasiga alohida e’tibor qaratdi:

“Men hali bunday rabonani ko‘rmaganman! Messida ham bunday uzatma bo‘lganini eslay olmayman. Messi oddiy narsalarni ideal darajada bajaradi, keyin esa 4–5 o‘yinchini aldab o‘tadi. Cherkida ham shunday tabiiy iste’dod bor. Uning imkoniyatlarini to‘liq ochish uchun hali o‘sayotgan joylari ko‘p”.

Gvardiola yosh o‘yinchilarga qo‘yiladigan talabni ham ta’kidlab o‘tdi:

“Men birinchi navbatda oddiy vazifalarni mukammal bajarishni talab qilaman. Agar bu yaxshi chiqsa, keyin ular maxsus talantlarini ishga soladi. Aks holda muammolar kelib chiqadi”.

Eslatib o‘tamiz, Rayan Cherki ushbu mavsum boshida 30 million funt evaziga “Man Siti”ga kelib qo‘shilgan eji. Debyut mavsumidayoq u beshta golli pas berib, assistlar bo‘yicha jamoada yetakchilar qatoriga ko‘tarildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: Cherkining rabonasi Messini ham lol qoldirishi mumkin