date

Ispaniya murabbiyi Finalissima haqida fikr bildirdi

Ispaniya murabbiyi Finalissima haqida fikr bildirdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Argentinaga qarshi oʻtkazilishi mumkin boʻlgan Finalissima haqida oʻz fikrini bildirdi. "Ushbu oʻyinni intiqlik bilan kutamiz.

Yaqin orada mazkur uchrashuv boʻyicha qaror qabul qilinadi. Men Finalissimada oʻynashdan juda xursand boʻlardim.

Bu ajoyib futbolni tomosha qilish va yana bir sovrinni qoʻlga kiritish uchun katta imkoniyatdir", — deydi mutaxassis Marca gazetasiga bergan intervyusida. Maʼlumot uchun, Finalissima bitta uchrashuvdan iborat boʻlib, unda Yevropa chempionati va Amerika Kubogining amaldagi chempionlari sovrin uchun kuch sinashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ispaniya murabbiyi Finalissima haqida fikr bildirdi