
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026-yilgi Jahon chempionati davomida noodatiy qaror qabul qilishi mumkinligini aytdi. Unga ko'ra, zaxiradagi futbolchilar o'yin vaqtida zaxira o'rindig'ida emas, balki kiyinish xonasida bo'lishi mumkin.
Bu qaror yuqori haroratli ob-havo sharoitlarida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ko'rib chiqilmoqda. "Zaxira futbolchilari kiyinish xonasida bo'lsa?
Agar bu bizga o'yinlarda yordam bersa, biz bunday imkoniyatni o'ylab ko'rishimiz kerak. Albatta, bu hech kimga yoqmaydi, chunki men futbolchilarning maydon yaqinida bo'lishini, energiyani his qilishini va bizni ruhlantirishini xohlayman.
Ammo bunday holatni Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ko'rganman. Umid qilamanki, bu yo'ldan borishga majbur bo'lmaymiz", – dedi Tuxel BBC Sportga bergan intervyusida.
Angliya terma jamoasi Jahon chempionati-2026da Xorvatiya, Gana va Panama bilan bir guruhda o'ynaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.