date

Tuxel Jahon chempionati qur’asi bo‘yicha qanday fikr bildirdi?

Tuxel Jahon chempionati qur’asi bo‘yicha qanday fikr bildirdi?

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichlari qur’asi bo‘yicha fikr bildirdi. Uning jamoasi L guruhidan o‘rin oldi va bu yerda Xorvatiya, Gana va Panama bilan to‘qnash keladi.

"Qiyin ilk o‘yin, murakkab guruh. Xorvatiya va Gana — Jahon chempionati doimiy ishtirokchilari, g‘ururli va kuchli millatlar. Panama? Hozircha Panama haqida ko‘p narsa bilmayman, lekin turnir boshlanguniga qadar albatta bilib olamiz", — dedi Tuxel ESPN nashriga bergan intervyusida.

"Katta turnirlar guruh bosqichidagi yagona tajribam Chempionlar Ligasi bilan bog‘liq. Men doimo guruh bosqichlariga maksimal hurmat bilan yondashganman va guruhda g‘alaba qozonishga e’tibor qaratganman.

Bu doim qiyin, ayniqsa hozir, lekin o‘zimizga ishonamiz va turnirga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan holda yetib boramiz. Biz kalendar bo‘yicha hech qanday istak bildirmadik, vaziyatni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilamiz.

Bizga tayyorgarlik uchun ko‘proq kun berildi, keyin esa jadvalimiz zich bo‘ladi. Hech kimni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Albatta, Xorvatiya guruhimizdagi ikkinchi savatchaning eng yuqori reytingli jamoasi sifatida ajralib turadi, ammo Gana har doim iqtidorlarga boy va kutilmagan sovg‘alar ko‘rsatishga qodir. Panama ham autsayder sifatidagi rolini imkon qadar samarali ishlatishga harakat qiladi. Har bir jamoani hurmat qilish zarur.", — dedi Tuxel.

Ayni paytda Angliya FIFA reytingida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tuxel Jahon chempionati qur’asi bo‘yicha qanday fikr bildirdi?