
Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Guti Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi buyukligi haqida fikr bildirdi. "Siz o‘nta yaxshi o‘yin o‘tkazishingiz mumkin, ammo eng muhim paytda yo‘qolib qolsangiz, bu hech narsani anglatmaydi.
Ronaldu va Messi haqida bunday deyishning iloji yo‘q – ular har doim muvaffaqiyatga erishishgan. Mbappe, Yamal va boshqalar bu ikki buyuk futbolchiga yaqinlashmoqchi bo‘lsa, ularga aynan shu kerak", dedi sobiq ispan yarim himoyachisi intervyusida.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubida, Lionel Messi esa AQSHning "Inter Mayami" klubida to‘p surmoqda. Kilian Mbappe va Lamin Yamal esa mos ravishda Madridning "Real" va "Barselona" klublari sharafini himoya qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.