date

Serxio Ramos faoliyatini Yevropada davom ettiradi

Serxio Ramos faoliyatini Yevropada davom ettiradi
Fransiyaning PSJ va Ispaniyaning "Real" klublarida o'ynagan sobiq himoyachi Serxio Ramos Meksikaning "Monterrey" jamoasini tark etdi. Mashhur insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali bergan ma'lumotga ko'ra, 39 yoshli ispaniyalik futbolchi Yevropaga qaytishni qat'iy niyat qilgan.

Veteran futbolchi kelasi yozda Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibiga kirishni orzu qilmoqda. Avvalroq matbuotda Ramosning Italiya A Seriyasining "Inter" klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Himoyachining Yevropadagi oxirgi klubi "Sevilya" bo'lgan. Ispaniya terma jamoasi safida Ramos 180 o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Serxio Ramos faoliyatini Yevropada davom ettiradi