
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘ta muhim bellashuv — "Real"ga qarshi uchrashuv oldidan tarkib siyosati haqida ochiq-oydin fikr bildirdi. Kataloniyalik mutaxassis so‘nggi paytlarda ayrim o‘yinlarda to‘liq tarkib almashtirilgani uchun tanqidga uchraganini tan oldi va bu gal bunday tavakkal qaror qabul qilmasligini ta’kidladi.
Murabbiy jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida shunday dedi:
"Yo‘q, bu safar bunday katta o‘zgarish bo‘lmaydi. «Bayer»ga qarshi o‘yinda to‘liq tarkibni almashtirganim esimda. Keyin sizlar — jurnalistlar meni qattiq tanqid qilgan edingiz. Ochig‘i, yana o‘sha holatni boshdan kechirishni istamayman. Bunday vaziyatlarda o‘zimni ojiz his qilganman".
Gvardiolaning bu bayonotidan anglashilsa, u "Real"ga qarshi bellashuvni maksimal darajada jiddiy qabul qilmoqda va asosiy o‘yinchilarga tayanish niyatida. Uchrashuv aynan taktik barqarorlik va tajriba hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlardan biri ekanini hisobga olganda, bu qaror ko‘pchilik muxlislar tomonidan kutilgan edi.
"Siti" va "Real" o‘rtasidagi o‘yin har doim yuqori bosim, kuchli dinamika va mahorat to‘qnashuviga boy bo‘ladi. Bu safar ham shunday bo‘lishi, Gvardiola esa tarkibda barqarorlikni saqlash orqali g‘alaba uchun eng maqbul variantni tanlashi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.