date

Ronaldu tasviri tushirilgan banknot haqida haqiqat

Ronaldu tasviri tushirilgan banknot haqida haqiqat
Krishtianu Ronaldu nomi bilan bogʻliq yangi yangilik Portugaliyada futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ushbu yangilikda Ronaldu sharafiga 7 yevro qiymatidagi maxsus banknot chiqarilishi aytilgan edi.

Ammo bu xabar tezda soxta ekanligi aniqlandi. Portugaliyaning Markaziy banki, yaʼni Bank of Portugal, rasmiy bayonot eʼlon qilib, ushbu maʼlumotni rad etdi: "Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Ronaldu tasviri tushirilgan 7 yevro qiymatidagi maxsus banknot chiqarilishi haqidagi xabarlar asossiz.

Bankimiz bunday banknotni chiqarish rejasini tuzmagan va bunday amaliyot umuman mumkin emas". Bank oʻz bayonotida Yevro tizimi talablariga koʻra, barcha yevro banknotlari yagona tartibda chiqarilishini va shaxsiylashtirilgan banknotlarning muomalaga kiritilishi taqiqlanganini taʼkidladi.

Shuningdek, Ronaldu tasviridagi soxta banknotlar dizayni va u bilan bogʻliq xabarlar hech qanday huquqiy yoki rasmiy asosga ega emasligi qayd etildi. Bu voqea nafaqat Ronaldu, balki boshqa futbol yulduzi Lionel Messi nomi bilan ham bogʻliq edi.

Internetda Messi suratli soxta banknotlar ham tarqaldi. Mutaxassislar bu kabi soxta xabarlarning ommaviy ravishda tarqalishi va ularning feyk dizaynlar bilan birga kelishi moliyaviy tizimga zarar yetkazishi mumkinligini ogohlantirishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu tasviri tushirilgan banknot haqida haqiqat