
Madridning "Real" jamoasi mavsum davomida bosh murabbiy Xabi Alonsoni isteʼfoga chiqarishi mumkin. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar bermoqda.
Manbaning maʼlumotiga ko'ra, "qirollik klubi" murabbiylik lavozimi uchun ikkita nomzodni ko'rib chiqmoqda, ammo ularning ismlari hozircha oshkor qilinmayapti. Shu bilan birga, jamoani ilgari boshqargan Zinedin Zidan bu ro'yxatda yo'q.
"Zizu" ayni damda Frantsiya terma jamoasini boshqarishga eʼtibor qaratgan bo'lib, 2026-yilgi Jahon chempionatidan so'ng Didye Desham o'rnini egallashi mumkin. "Real" joriy mavsumda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Jamoa Ispaniya chempionatidagi so'nggi beshta o'yinda faqat bir marta g'alaba qozongan. Xabi Alonsoning shogirdlari La Liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda, birinchi o'rindagi "Barselona"dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.