
Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichi o‘z avjida va eng kutilgan bahslardan biri — «Real» hamda «Manchester Siti» to‘qnashuvi arafasida. Madrid klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso ushbu uchrashuv oldidan jamoa holati, muxlislar kayfiyati va o‘yin ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Alonsoning ta’kidlashicha, «Santyago Bernabeu»da kechadigan bu bahs nafaqat jamoa, balki butun Madrid uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki raqib — yaqin yillarda Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan va Yevropada eng kuchli tarkiblardan birini tuzib kelayotgan «Manchester Siti».
«Bu juda katta o‘yin. Chempionlar ligasi kechalaridagi o‘sha uyquda o‘rningdan turg‘izuvchi atmosfera aynan shunday bahslarda namoyon bo‘ladi. Muxlislar qanday raqibga qarshi o‘ynayotganimizni yaxshi bilishadi — ularning xavotir bilan birga ishonchi ham baland. Biz o‘z vazifamizni bajarishga to‘liq shaymiz. Har bir futbolchi ertangi g‘alabaga ishonib tayyorgarlik ko‘ryapti», — deydi Alonso Mundo Deportivo nashriga.
Murabbiyning qayd etishicha, jamoa tarkibida barcha ruhiy va jismoniy jihatdan musobaqaning shu bosqichiga munosib holda tayyorlangan. Uning o‘z so‘zlariga ko‘ra, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ham «Real» uchun katta kuch bo‘ladi.
Bahs haqida qisqacha ma’lumot
- O‘yin joyi: «Santyago Bernabeu», Madrid
- Sana: 10 dekabr (11-dekabrga o‘tar kechasi)
- Boshlanish: 01:00
- Musobaqa: UYEFA Chempionlar ligasi, 6-tur
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Chempionlar ligasi finali 2026-yil 30-may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«Bernabeu»dagi ushbu jang YECHL kechasining barcha klassik jihatlarini o‘z ichiga oladi: kuchli raqib, ulkan bahs va muhimi — qarshi tomonda Gvardiola boshchiligidagi jahon darajasidagi jamoa. Shu bois Alonso va uning shogirdlari uchun bu o‘yin nafaqat ochko, balki obro‘ masalasi ham hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.