
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qizg‘in tarzda davom etayotgan erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘zining beshinchi kun bellashuvlari bilan boks ishqibozlarini yana bir karra zavqqa to‘ldirdi. Bugun ring atrofida yurtimizdan to‘rt nafar boksimiz uchun muhim janglar o‘rin oldi.
Shular orasida e’tibor markazida bo‘lgan to‘qnashuv — -57 kg vaznda harakat qilib kelayotgan Xo‘janazar Nortojiyev va hindistonlik Sachin o‘rtasidagi keskin va jangovar bahs bo‘ldi. Mazkur raqib — tajribali, ko‘p yillik musobaqalarda o‘zini ko‘rsatib ulgurgan sportchi sifatida tanilgan edi. Ammo Nortojiyev bu uchrashuvda o‘zini kuchli va irodali bokschi sifatida namoyish etdi.
Jang davomida hamyurtimiz raqibining tajribasiga qaramay unga yuksak darajada munosib javob qaytardi, aniq zarbalar yo‘lladi, ham hujumda, ham himoyada o‘zini ko‘rsata oldi. Bellashuv juda shiddatli va tom ma’noda professionallik ruhida o‘tdi.
Umidlar oqlandi — hakamlar yig‘indi ballar bo‘yicha yakdil qaror qabul qilib, g‘alabani Nortojiyevga berdi.
Bu natija nafaqat bokschimiz, balki jamoamiz uchun ham muhim qadam hisoblanadi. Dubay ringlarida yurtimiz bayrog‘ini yana bir bor baland ko‘targan Xo‘janazardan keyingi bosqichda ham shiddatli janglar kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.