Bulyukin Arsen Zaxaryanning Ispaniyadagi imkoniyatlarini baholadi

Bulyukin Arsen Zaxaryanning Ispaniyadagi imkoniyatlarini baholadi
Sobiq "Dinamo" hujumchisi Dmitriy Bulyukin "Evro-Futbol.Ru" nashriga bergan intervyusida Arsen Zaxaryanning "Real Sosyedad" jamoasidagi istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. "Zaxaryan La Ligada muvaffaqiyat ko‘rsatishi kerak, shunda "Sosyedad" bosh murabbiyi unga imkoniyat beradi.

U maydonga tushgan daqiqalardan maksimal darajada foydalanishi lozim. Kubok o‘yinlari va chempionatdagi har bir daqiqani qadrlashi zarur.

Hozir Ispaniya chempionatida o‘zini sinab ko‘rish vaqti. Rossiyaga qaytishga u doim ulgura oladi", – dedi Bulyukin.

22 yoshli yarim himoyachi 2023 yil yozida Moskvaning "Dinamo" klubidan San-Sebastyandagi "Real Sosyedad" jamoasiga 13 million yevro evaziga o‘tgan edi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Zaxaryan 11 o‘yinda maydonga tushib, bir gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar