
Urugvaylik himoyachi Ronald Araujo endi 'Barselona' uchun o‘ynamaydi, deb ishonadi ispan jurnalisti Xunma Kastanyo. Bu fikrni u El Tertulion futbol telemarafoni davomida bildirdi.
'Araujo vaziyati ko‘rinishidan ko‘ra ancha og‘ir. Men uning umuman 'Barselona' safida yana maydonga tushishiga ishonmayman', dedi Kastanyo.
Eslatib o‘tamiz, urugvaylik futbolchi oxirgi paytlarda sababsiz qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yayotgani va jamoasini xavfli holatlarga solib qo‘yayotgani haqida gapirib o‘tdi. Ronald Araujo psixologik muammolar tufayli mazkur mavsumning muhim qismlarida o‘ynashga imkon topa olmayotganini ma’lum qilgan edi.
Araujo 2018 yilda 'Barselona' safida o‘ynashni boshlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.