date

Iago Aspas La Ligadagi 400-o‘yinini nishonladi


O‘tgan turda Ispaniya chempionati doirasida "Selta" klubi katta muvaffaqiyatga erishdi. Vigo klubi Madridda "Real" ustidan safarda g‘alaba qozondi.

"Selta"ning tajribali futbolchisi Iago Aspas o‘yinning so‘ngida maydonga tushdi va bu orqali Ispaniya chempionatidagi 400-o‘yinini "Real" ustidan g‘alaba bilan nishonladi. Aspas o‘zining La Ligadagi debyut uchrashuvini 2012-yilning 18-avgustida o‘tkazgan.

O‘shanda "Selta" "Malaga"ga qarshi o‘ynab, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Bir oydan so‘ng u La Ligadagi ilk golini kiritdi.

2025-yil oktabr oyida esa Aspas "Selta" tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Iago Aspas La Ligadagi 400-o‘yinini nishonladi