date

Rafinya Barselonadan ketmoqchi emas

Rafinya Barselonadan ketmoqchi emas
Braziliyalik vinger Rafinya Dias "Barselona"ni Jahon chempionati – 2026dan keyin ham tark etmaydi. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

Saudiy Arabistoniga ko‘chib o‘tish haqidagi mish-mishlarga qaramay, Rafinya joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng ham "Barselona"da qolishni rejalashtirgan. U jamoa va shaharni sevadi hamda Kataloniya klubida uzoq davom etishni xohlaydi.

Rafinya 2022 yilning yozida "Barselona"ga qo‘shilgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 12 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

28 yoshli braziliyalik futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rafinya Barselonadan ketmoqchi emas