date

"Real" – "Siti" to‘qnashuvi oldidan "Siti"ning taxminiy tarkibi e’lon qilindi

"Real" – "Siti" to‘qnashuvi oldidan "Siti"ning taxminiy tarkibi e’lon qilindi

Yevropa futbolida eng kutilgan bahslardan biri — “Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuviga sanoqli soatlar qoldi. Ushbu muhim duel oldidan “City Xtra” portali “shaharliklar”ning ehtimoliy asosiy tarkibini taqdim etdi.

Pep Gvardiola shogirdlari shanba kuni APL doirasida “Sanderlend”ni mag‘lub etib, navbatdagi 3 ochkoni o‘z hisoblariga yozdirib qo‘yishgandi. “Real” esa La Ligada “Selta”ga qarshi kutilmagan mag‘lubiyatga uchrab, o‘zi uchun noqulay vaziyatga tushib qoldi. Ispaniya grandi uchun bu o‘yin jiddiy ahamiyat kasb etadi — ayniqsa, Xabi Alonsoning jamoadagi kelajagiga ta’sir qilishi mumkinligi ham ta’kidlanmoqda.

Taxminiy tarkibga kelsak, darvoza qatorida katta ehtimol bilan Janlujji Donnaruma turishi kutilayapti. Yozda jamoaga kelib qo‘shilgan italyan posbon qisqa vaqt ichida Gvardiola ishonchini qozonib, asosiy raqamga aylandi.

O‘ng qanot himoyasida so‘nggi o‘yinlarda yuqori faollik ko‘rsatayotgan Mateush Nuneshga ishonish maqsadga muvofiq, deb qaralmoqda. Har qancha Abduqodir Husanovning tezkorligi va qo‘pol pressingi mavjud bo‘lsa-da, portugaliyalik futbolchining sport formasi ayni paytda yaxshiroq ekani qayd etilmoqda.

Markaziy himoyada Ruben Diash va Yoshko Gvardiol dueti eng ehtimolli variant sifatida qayd etilgan. Chap qanotda esa Niko O‘rayli harakat qilishi kutilayotgan futbolchilardan.

Yarim himoyaning markazida Bernardu Silva va Niko Gonsales juftligi maydonga tushishi taxmin qilinmoqda. Albatta, ajoyib mavsum o‘tkazayotgan Fil Fodenning asosiy tarkibdagi o‘rni shubhasiz — u jamoaning eng barqaror va ishonchli futbolchilaridan biriga aylangan.

Hujum chizig‘i juda vayronkor tarkib bilan shakllanmoqda: o‘ng qanotda raqib himoyasiga jiddiy bosh og‘riq tug‘dira oladigan Rayan Sherki, chap qanotda esa tezligi va texnik mahorati bilan muxlislarni hayratda qoldirayotgan Jeremi Dok-u harakat qiladi. Markazda esa shubhasiz, Erling Xoland — jamoaning asosiy gol mashinasi.

“City Xtra” taqdim etgan taxminiy tarkib quyidagicha:

Donnaruma, Nunesh, Diash, Gvardiol, O‘rayli, Silva, Gonsales, Foden, Dok-u, Sherki va Xoland.

Qisqasi, to‘qnashuv oldidan har ikki jamoa ahvoli jiddiy e’tibor markazida. Bu o‘yin futbol ishqibozlari uchun haqiqiy shou bo‘lishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Real" – "Siti" to‘qnashuvi oldidan "Siti"ning taxminiy tarkibi e’lon qilindi