
Chorshanba kuni Angliya terma jamoasi mart oyida Urugvay va Yaponiya bilan o‘z maydonida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi e’lon qilindi. Bu borada terma jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z fikrlarini bildirdi.
“Biz mazkur ikkita o‘yin tasdiqlanganidan juda xursandmiz – jahon chempionati yili shakllana boshlamoqda. Biz dunyo reytingining kuchli yigirmatalikdan joy olgan ikkita jamoa bilan o‘ynashni, shuningdek, Yevropadan tashqaridagi raqiblar bilan kuch sinashishni istadik.
Juma kungi qur’a tashlashdan so‘ng, kelgusi yilga bo‘lgan qiziqish yanada kuchaydi”, – dedi Tuxel Angliya Futbol Assotsiatsiyasi saytiga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatida Angliya terma jamoasi Xorvatiya, Gana va Panama bilan bir guruhda o‘ynaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.