
2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Angliya terma jamoasi mart oyida ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Angliya futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, 27-mart kuni Angliya Urugvayga qarshi, 31-mart kuni esa Yaponiya bilan maydonga tushadi.
Ikkala o‘yin ham London shahridagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi. FIFA reytingida Angliya terma jamoasi hozirda 4-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Urugvay 16-o‘rinda, Yaponiya esa 18-o‘rinda joylashgan.
Ushbu o‘yinlar Angliya terma jamoasi uchun Jahon chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlik bo‘lib, bosh murabbiy Tomas Tuxel ushbu o‘yinlardan so‘ng turnirga yo‘llanma oladigan tarkibni e’lon qiladi. Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichida Xorvatiya, Gana va Panama jamoalariga qarshi uchrashuvlar o‘tkazadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.