Javohir Sindarov Braziliyadagi to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Braziliyaning Juis-di-Fora shahrida bo‘lib o‘tayotgan maktab o‘quvchilar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Javohir Sindorov chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu haqida «12news.uz»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
9 turda Qozog‘iston vakili Ansat Abilmansurov bilan durang o‘ynagan Javohir 8,5 ochko to‘plab, to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi.
Uning ukasi Islombek Sindorov esa etti yoshgacha bo‘lgan bolalar musobaqasining so‘nggi turida rossiyalik Nikolay Solovev ustidan g‘alaba qozonib, 7,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Islombek birinchi va ikkinchi o‘rin sohiblari bilan bir hil ochko to‘plagan holda, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.
Foto: Kun “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing