date

Benzemaning kelajagi qiziqish uyg‘otdi: “Al Ittihod”da noaniqlik...

Benzemaning kelajagi qiziqish uyg‘otdi: “Al Ittihod”da noaniqlik...

Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” jamoasi safida to‘p surib kelayotgan 37 yoshli tajribali hujumchi Karim Benzemaning shartnomasi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Footmercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klub bilan amaldagi shartnoma 2026-yil iyunigacha amal qilishiga qaramay, uni uzaytirish masalasida hozircha aniqlik yo‘q.

Manbalarning ta’kidlashicha, Benzema haqida tarqagan “shartnoma uzaytiriladi” degan mish-mishlar asosga ega emas — futbolchi hali klubdan rasmiy taklif qabul qilmagan. Shunga qaramay, nafaqat Saudiyada, balki Yevropada ham uning kelajagi atrofida qiziqish oshib bormoqda.

Fransiyalik hujumchi joriy mavsumda ham yuqori samaradorligini saqlab qolmoqda: barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 11 ta gol muallifiga aylandi. 2023-yilda “Real Madrid” bilan munosabatlar nihoyasiga yetganidan so‘ng, Benzema “Al Ittihod”ga erkin agent sifatida qo‘shilgandi va qisqa fursat ichida jamoa hujumida yetakchi o‘rinni egalladi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining amaldagi bozor qiymati 7 million yevroni tashkil etadi. Uning yoshiga qaramay, bunday ko‘rsatkich hali ham yuqori darajadagi talab va tajribani aks ettiradi.

Hozircha Benzemaning klubda qolish-qolmasligi bo‘yicha oxirgi qaror qabul qilinmagan. Saudiya klubi ham, futbolchining o‘zi ham bu masalada shoshmayapti. Shu bois, tajribali forvardning kelgusi mavsumda qayerda to‘p surishi futbol jamoatchiligi uchun hanuz qiziq mavzu bo‘lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Benzemaning kelajagi qiziqish uyg‘otdi: “Al Ittihod”da noaniqlik...