date

Rodrigo Manchester Siti darvozasiga eng ko‘p gol urdi


Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo yana "Manchester Siti" darvozasini ishg‘ol qildi. Braziliyalik futbolchi Chempionlar Ligasi bugungi uchrashuvida hisobni ochdi va 28-daqiqada Jannluiji Donnarumma darvozasiga to‘p kiritdi.

Bu 24 yoshli futbolchining "shaharliklar" darvozasiga urgan beshinchi goli bo‘lib, u faoliyati davomida hech bir jamoaga shuncha gol urmagan. Rodrigo uchun eng "sevimli" raqiblar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni "Sevilya" egallaydi – unga qarshi to‘rtta gol urilgan.

E’tiborlisi, Rodrigo "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinga qadar "Real" safida ketma-ket 32 uchrashuvda gol ura olmagan edi. Bu hujumchi futbolchilar orasida klub tarixidagi eng uzoq gol urishdagi tanaffus hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rodrigo Manchester Siti darvozasiga eng ko‘p gol urdi