
Yevropa futbolidagi eng nufuzli musobaqa – Chempionlar ligasi guruh bosqichining oltinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Angliyaning "Nyukasl" klubi Leverkuzenning "Bayer" jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
"Nyukasl" hujumchisi Entoni Gordon o‘z jamoasining g‘alabalarni juda ko‘p boy berayotganidan afsusda ekanligini bildirdi. "Men bu o‘yinni qanday boy berganimizni tushunmayapman.
Ammo bu holat biz bilan juda tez-tez sodir bo‘lmoqda. Biz oxirgi daqiqalarda juda ko‘p gol o‘tkazyapmiz", – deydi Gordon BBC Sport nashriga bergan intervyusida.
"Nyukasl" Chempionlar ligasidagi keyingi uchrashuvini yanvar oyida PSV klubiga qarshi o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.