
Yevropa Chempionlar ligasida 6-tur bahslari nihoyasiga yetdi va muxlislar yana bir marotaba hayajon, kutilmagan burilishlar hamda aniq intrigaga to‘la kechani tomosha qilishdi. Turning eng katta sensatsiyasi — albatta Madridda ro‘y berdi.
Santyago Bernabeu maydonida “Manchester Siti” mehmon sifatida maydonga chiqib, 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Ispaniyaliklar taym boshida Rodrigo orqali hisobni ochishgan bo‘lsa-da, Pep Gvardiola shogirdlari javobni uzoq kuttirmadi.
35-daqiqada O’Rayli, 43-daqiqada esa Erling Holand penaltidan aniq zarba berish orqali vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. “Real” ikkinchi bo‘limda bir necha xavfli hujum uyushtirgani bilan, hisobni tenglashtira olmadi.
Real — Manchester Siti 1:2
Gollar: Rodrigo 28 – O’Rayli 35, Holand 43 pen.
Real – Kurtua, Asensio (Endrik, 79), Ryudiger, Karreras, Chuameni, Valverde, Bellinghem, Seballos (Dias, 67), Rodrigo, Gonsalo (Guler, 58), Vinisius.
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes, Diash, Gvardiol, O’Rayli, Gonsales, Sherki (Savino, 70), Foden (Reynders, 70), Silva, Holand (Marmush, 70), Dok-u (Ake, 88).
Ogohlantirishlar: Ryudiger 43,Rodrigo 87, Karreras 88 – Foden 11, O’Rayli 76, Gvardiola 82, Silva 90.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.