
Barselona klubi so‘nggi bir yarim yil ichida o‘z futbolchilari bilan faol shartnomalar tuzishni davom ettirmoqda. Yaqinda himoyachi Erik Garsiya 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzoladi.
Barca Universal ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli ispan futbolchisi bu davr mobaynida shartnomasini yangilagan 15-futbolchi bo‘ldi. Bungacha Lamine Yamal, Rafinya Dias, Fermin Lopes, Gavi, Pedri, Frenki de Yong, Mark Bernal, Mark Kasado, Jerar Martin, Alejandro Balde, Ronald Arauxo, Pau Kubarsi, Jyul Kunde va Voysex Shesni bilan ham shartnomalar yangilangan edi.
Bundan tashqari, Barselona jamoasi La Liga turnir jadvalida 16 turdan so‘ng peshqadam bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklar madridlik Realni to‘rt ochko bilan ortda qoldirmoqda.
Shuningdek, jamoa shanba kuni o‘z maydonida Osasuna jamoasini qabul qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.