
Barselona klubi futbolchisi Markus Reshford Ispaniyadagi hayoti va yangi jamoasiga moslashishi borasida fikr bildirdi. Kataloniya klubi o‘tgan yozda Manchester Yunayted futbolchisini ijaraga olgan edi.
Kelishuvda futbolchini to‘liq sotib olish opsiyasi ham mavjud. "Jamoamdagilar meni juda yaxshi qabul qilishdi.
Shahar ham boshidanoq menga qulay tuyuldi. Men birinchi marta Manchester tashqarisida yashayapman, ammo allaqachon o‘zimni uyda his qila boshladim.
Ispancha tilni yanada yaxshi o‘rganmoqchiman va bu borada faol ishlayapman", – deydi 28 yoshli futbolchi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida. Markus Reshford Barselona safida barcha turnirlarda 21 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.