
Sobiq "Milan" sport direktori Ar'yedo Brayda amerikalik hujumchi Kristian Pulishichni afsonaviy Andrey Shevchenkoga qiyosladi. Hozirda xorvat ildizlariga ega Pulishich o‘z klubining "Torino" ustidan qozongan g‘alabasida ikki gol urib, hal qiluvchi rol o‘ynadi.
"Fantastik futbolchi. U haqida ko‘p gapirilmaydi, ammo u butun chempionatning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri.
U jismonan kuchli tuyulmasa-da, o‘zining texnik imkoniyatlaridan samarali foydalanadi. Darvoza oldidagi sovuqqonligi esa menga Shevchenkoni eslatadi", - dedi Brayda "pianetamilan.it" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Andrey Shevchenko "Milan" safida 1999 yildan 2006 yilgacha faoliyat olib borgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.