date

Emiliano Martines Ispaniya terma jamoasini yuqori baholadi


Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines mart oyida bo‘lib o‘tadigan Finalissima doirasidagi Ispaniyaga qarshi bo‘ladigan o‘yin haqida fikr bildirdi. U o‘z intervyusida Ispaniya jahon chempionati-2026ning asosiy raqobatchilaridan biri ekanligini ta’kidladi.

"Men Finalissimada o‘ynashni juda xohlayman. Ispaniya dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri va 2026-yilgi jahon chempionatida asosiy raqobatchilarimizdan biri bo‘ladi.

Bu biz uchun jiddiy sinov va yaxshi tayyorgarlik bo‘ladi. Yakunda esa bu o‘yin uchun tilla medal bor.

Italiyaga qarshi o‘tgan Finalissimada g‘alaba qozonishimiz bizga 2022-yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatimizga turtki bergan edi. Shu tajribani yana qaytarishga umid qilamiz", – dedi "Aston Villa" klubi darvozaboni jurnalist Kristian Martinga bergan intervyusida.

Argentina va Ispaniya jamoalari, Janubiy Amerika hamda Yevropa chempionlari sifatida, ushbu turnirda ishtirok etadilar. 2026-yilgi jahon chempionati 11-iyunda boshlanib, 19-iyulda yakunlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Emiliano Martines Ispaniya terma jamoasini yuqori baholadi