
Sobiq "Barselona" sport direktori Yordi Kroyf klubning Rafinyo Dias va Antoni o‘rtasidagi tanlovi haqida so‘zlab berdi. "Ko‘k-anorranglilar" Rafinyo bilan 2022 yilning iyul oyida "Lids"dan shartnoma imzolashdi.
O‘sha yozda Antoni esa "Ayaks"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tdi. "Men "Barselona"da ishlagan paytimda Rafinyo va Antoni o‘rtasida tanlov qilishimizga to‘g‘ri keldi.
Biz Rafinyo foydasiga qaror qildik, chunki u o‘sha vaqtda Angliya Premer-ligasida o‘zini ko‘rsatgan edi. Bu esa agar u "Barselona"da muvaffaqiyat qozona olmasa ham, uni yuqori narxda sotish imkonini berardi.
Antoni haqida esa bunday deyishning iloji yo‘q edi", – dedi Yordi Kroyf, 2023 yilda "Barselona"dan ketganidan keyin. Rafinyo "Barselona"ning yetakchilaridan biriga aylangan bo‘lsa, Antoni "Manchester Yunayted"da omadsizlikka uchradi va natijada Ispaniyaga qaytib, "Betis" klubiga ko‘chib o‘tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.