
Transfermarkt portali 2025-yil uchun Ispaniya La Ligasi futbolchilarining yangi transfer narxlarini e’lon qildi. Eng qimmat futbolchilar qatorida “Real Madrid”ning Kilian Mbappe hamda “Barselona”da Lamin Yamal egallab turibdi. Fransiya terma jamoasining hujumchisi Mbappening transfer narxi 20 million yevroga oshgan va 200 million yevroga yetgan. Keyingi pog‘onalarda “Real Madrid” futbolchilari Jud Bellingem (160 mln yevro) va Vinisius Junior (150 mln yevro) qayd etilgan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, La Liganing eng qimmat futbolchilari ro‘yxati:
-Lamin Yamal (“Barselona”) — 200 mln yevro
-Kilian Mbappe (“Real Madrid”) — 200 mln yevro
-Jud Bellingem (“Real Madrid”) — 160 mln yevro
-Vinisius Junior (“Real Madrid”) — 150 mln yevro
-Pedri (“Barselona”) — 140 mln yevro
-Federiko Valverde (“Real Madrid”) — 120 mln yevro
-Xulian Alvares (“Atletiko”) — 100 mln yevro
-Arda Gyuler (“Real Madrid”) — 90 mln yevro
-Rafinya (“Barselona”) — 80 mln yevro
-Pau Kubarsi (“Barselona”) — 80 mln yevro
Shu tariqa, Mbappe, Erling Holand va Lamin Yamal dunyoning eng qimmat futbolchilaridan hisoblanadi. Mbappening narxi “PSJ” klubida ham 200 million yevroga yetgan edi.
Kilian Mbappe hozirda 26 yoshda va 2024-yildan beri “Real Madrid” safida ishtirok etmoqda. U 80 ta o‘yin o‘tkazib, 69 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma bergan. Fransiya terma jamoasida 2018-yilgi jahon chempionligini qo‘lga kiritgan, 2022-yilgi mundialda esa kumush medalga sazovor bo‘lgan.
Joriy mavsumda Mbappe 24 o‘yinda 26 gol urgan va Yevropa Chempionlar Ligasi va La Liga to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.