date

Parij apellyatsiya sudi Mbappening da'vosini rad etdi


Parij apellyatsiya sudi Kilian Mbappening «PSJ» hisoblaridan 55 million yevroni muzlatib qo‘yishga oid iltimosini yana bir bor rad etdi. Ushbu mablag‘ Mbappe tomonidan ish haqi va bonuslar bo‘yicha qarz sifatida ko‘rsatilgan edi.

Sud qaroriga ko‘ra, futbolchi sud xarajatlarini qoplash va «PSJ»ga jarayon suiste'moli uchun 3000 yevro to‘lash majburiyatini oldi. Mazkur mablag‘lar aprel oyida muzlatilgan bo‘lsa-da, may oyida sud bu choraning asossiz ekanini e'lon qilgan edi.

Endi esa futbolchining apellyatsiyasi ham rad etildi. «PSJ» vakili sudning ushbu qarori Mbappening talablarini noqonuniy ekanini isbotlaganini ta'kidladi.

Ayni paytda tomonlar o‘zaro da'volar bo‘yicha sudlashishda davom etishmoqda: Mbappe klubni psixologik bosim va yangi shartnomaga majburlashga urinishda ayblab, 253 million yevro talab qilmoqda. «PSJ» esa, o‘z navbatida, futbolchiga qarshi 440 million yevro miqdorida qarshi da'vo qo‘zg‘agan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Parij apellyatsiya sudi Mbappening da'vosini rad etdi