date

Ayntraxt muxlislari Kamp Nou stadioniga zarar yetkazdi


Yevropa futbolida Chempionlar ligasi guruh bosqichining oltinchi tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘z maydonida Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinning dastlabki qismida nemis klubi hisobni ochgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘lim boshida "Barselona" ikki gol urib, g‘alabani qo‘lga kiritdi va hisobni o‘zgartirmadi. Mazkur mag‘lubiyatdan g‘azablangan "Ayntraxt" muxlislari Barselonaga kelib, "Kamp Nou" stadionida tartibsizliklar keltirib chiqardi.

Ular pirotexnika vositalarini ishlatish bilan birga, stadionning ayrim qismlariga zarar yetkazdi. Xususan, bir nechta o‘rindiqlarni sindirishdi va "Barselona" muxlislari sektori bilan chegaralovchi to‘siqlarni buzib tashlashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ayntraxt muxlislari Kamp Nou stadioniga zarar yetkazdi