date

Shvaynshtayger Yamalni eng yaxshi ispan futbolchisi deb atadi


Germaniya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger futbol tarixidagi eng yaxshi ispan futbolchisini tanladi. Telegramdagi "Arsen Venger" kanali xabariga ko‘ra, nemis futbolchisi Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Lamin Yamalni ushbu maqomga loyiq deb hisoblagan.

E'tiborlisi, Yamal hozirda atigi 18 yoshda. Ushbu tanlov ko‘plab muxlislar orasida katta hayrat uyg‘otdi.

Lamin Yamal "Barselona" akademiyasida tarbiyalangan. U 2023 yildan buyon klubning asosiy jamoasi safida maydonga tushmoqda.

Yamalning "Barselona" bilan shartnomasi 2031 yilning o‘rtasiga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 200 million yevroga baholagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shvaynshtayger Yamalni eng yaxshi ispan futbolchisi deb atadi