Modrich: Italiya jahon chempionatida bo‘lishi kerak

Modrich: Italiya jahon chempionatida bo‘lishi kerak
Milan klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Italiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati final bosqichiga chiqishiga umid bildirdi. "Skuadra Adzurra" terma jamoasi pley-off o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

"Agar 'Skuadra Adzurra' bu jahon chempionatida ham ishtirok etmasa, bu haqiqiy tragediya bo‘ladi. Umid qilamizki, Italiya terma jamoasi pley-off bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazib, mundialga yo‘l oladi.

Italiya jahon chempionatida bo‘lishi shart", – deya Modrichning so‘zlarini Gazzetta dello Sport nashri keltiradi. Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi pley-off bosqichida Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

2026 yilgi jahon chempionati Shimoliy Amerikada, AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida, kelasi yil yozda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar