Pedri La Ligada «Barselona» safida 150-o'yinini o'tkazdi

Pedri La Ligada «Barselona» safida 150-o'yinini o'tkazdi
Ispaniya chempionati, La Liga 16-turi doirasida «Barselona» o'z maydonida «Osasuna»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Kataloniyaliklar pamplonaliklar darvozasiga javobsiz ikki gol urib, navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdi.

Ushbu uchrashuv «Barselona» yarim himoyachisi Pedri uchun ham alohida ahamiyat kasb etdi: u La Ligada klub safidagi 150-o'yinini o'tkazdi. Qayd etilishicha, Pedri bu ko'rsatkichga Lionel Messidan tezroq yetib keldi: Messi «Barselona» tarkibida chempionatdagi 150-o'yinini 2010 yil oktyabrida 23 yosh 121 kunligida o'tkazgan bo'lsa, Pedri 23 yosh 18 kunida ushbu marrani zabt etdi.

«Barselona» chempionatdagi keyingi turda «Vilyarreal»ga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar