date

Saudiya valiahd shahzodasi “Barselona”ni sotib olishni ko'zlamoqda


“Barselona” klubida yangi egasi paydo bo'lishi mumkin. Bu haqda ispan jurnalisti Fransua Gallardoning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarida aytilgan.

Manbaga ko'ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Kataloniya klubini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Ehtimoliy kelishuv qiymati 10 milliard yevroga baholanmoqda.

Qayd etilishicha, bunday bitim “ko'k-anorranglilar”ga 2,5 milliard yevrolik qarzdorlikni yopishda yordam berishi mumkin. Ispaniya chempionatining 17-turida “Osasuna” ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongan “Barselona” turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi.

Jamoa hisobida 43 ochko bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saudiya valiahd shahzodasi “Barselona”ni sotib olishni ko'zlamoqda