Allegri «Sassuolo» bilan durangdan so'ng jamoasini maqtadi

Allegri «Sassuolo» bilan durangdan so'ng jamoasini maqtadi
14 dekabr kuni A Seriyaning 15-turida «Milan» o'z maydonida «Sassuolo»ni mag'lub eta olmadi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Bellashuvdan so'ng «rossoneri» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri natijani izohladi: «Yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi, ularni ayblashga asos yo'q. Biz kamroq gol o'tkazishni boshlashimiz kerak.

Bugun juda ko'p oson gollar o'tkazib yubordik, ehtiyotkorroq bo'lish lozim», — dedi italiyalik mutaxassis. Ayni paytda «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida 32 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda.

16-tur doirasida milanliklar «Verona»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 28 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar