date

Sevilya Real Ovyedoni yirik hisobda mag'lub etdi


La Liganing 16-turida "Sevilya" o'z maydonida "Real Ovyedo"ni qabul qildi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Akor Adams hisobni ochdi.

Birinchi bo'lim o'rtalarida Adams pasidan keyin Djibril Sou aniq zarba yo'llab, mezbonlar ustunligini ikki baravar oshirdi. 51-daqiqada Adams navbatdagi golli uzatmani amalga oshirdi va Batist Menfi hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi.

83-daqiqada "Real Ovyedo" bir o'yinchidan ayrildi: David Karmu Chidera Edjuke va Manu Bueno bilan ketma-ket epizodlarda qoidani buzgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. 89-daqiqada "Real Ovyedo" himoyasidagi xatodan so'ng Edjuke vaziyatdan unumli foydalanib, yakuniy hisobni o'rnatdi — 4:0.

16-turdan so'ng "Sevilya" 20 ochko bilan 8-o'rinni bo'lishib turibdi. "Real Ovyedo"da esa ochkolar ikki baravar kam va jamoa turnir jadvalida pastdan ikkinchi pog'onada qayd etilgan.

Gollar: Akor Adams (4), Djibril Sou (22), Batist Menfi (51), Chidera Edjuke (89).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sevilya Real Ovyedoni yirik hisobda mag'lub etdi