date

Xabi Alonso 19 yoshli Valdepenyasning o'yinini baholadi


Viktor Valdepenyas Madridning «Real» klubining asosiy jamoasi safida ilk uchrashuvini o‘tkazdi. 19 yoshli chap qanot himoyachisi yakshanba kuni La Liga doirasida «Alaves»ga qarshi bahsda «qaymoqranglilar» safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 78-daqiqada almashtirildi.

Uchrashuv Madrid grandi g‘alabasi bilan yakunlandi — 2:1. «Valdepenyasni debyuti va a’lo o‘yini bilan tabriklayman.

U barqaror tarzda yaxshi harakat qildi. Afsuski, uning yagona xatosi o‘tkazib yuborilgan golga olib keldi, biroq qolgan epizodlarda u o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi», — dedi bosh murabbiy Xabi Alonso matbuot anjumanida.

Madridliklar Ispaniya chempionati turnir jadvalida 39 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan to‘rt ochko ortda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso 19 yoshli Valdepenyasning o'yinini baholadi