
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa o‘yin davomida diqqatini yo‘qotayotgani haqidagi gaplarga munosabat bildirdi. Yakshanba kuni “qirollik klubi” La Liga uchrashuvida “Alaves”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
24-daqiqada Kilian Mbappe madridliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 68-daqiqada mezbonlar hisobni tenglashtirdi. 76-daqiqada Rodrigo aniq zarbasi bilan g‘alaba golini urdi.
O‘yin yakunidan so‘ng jurnalistlar Alonsodan “Real” nega uchrashuvlar davomida diqqatini yo‘qotib qo‘yayotgani haqida so‘rashdi. “Men bunga qo‘shilmayman — vaziyat turlicha bo‘ladi.
Bu mavsumda o‘yin davomida sur’atni tushirib qo‘yganimiz bo‘lgan, ammo so‘nggi uchta uchrashuvda bunday holat kuzatilmadi”, — deya Alonso so‘zlarini keltiradi Madrid Universal. “Real” La Liga turnir jadvalida 39 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Peshqadam “Barselona”da 43 ochko bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.