
“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yaqin vaqtda jamoaning asosiy tarkibidan joy olmaydi. Germaniyalik posbon jarohatidan forig‘ bo‘lib safga qaytganiga qaramay, “ko‘k-anorranglilar”ning birinchi raqamli darvozaboni sifatida Joan Garsiya qolmoqda.
Sport nashri xabariga ko‘ra, ushbu holat kelgusida ham o‘zgarmaydi: ispaniyalik darvozabon La Liga hamda Chempionlar ligasi uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ter Shtegen esa Voytsex Shchensni bilan asosiy zaxira darvozabon maqomi uchun raqobat olib borishi kerak bo‘ladi.
Shunga qaramay, 33 yoshli, kataloniyalik grand jamoa sardorining rasmiy o‘yinlarda maydonga qaytishi yaqin kunlarda sodir bo‘lishi mumkin. Ehtimol, bosh murabbiy Hans-Diter Flik uni Ispaniya Kubogi 1/16 finalida “Deportivo Gvadalaxara”ga qarshi bahsda maydonga tushiradi.
Uchrashuv seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.