
“Liverpul” afsonasi va hozirda futbol eksperti bo‘lib faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager jamoa hujumchisi Muhammad Salohning kelajagi borasida o‘z fikrini bildirdi. Sky Sports keltirgan iqtibosga ko‘ra, Karrager: “Uni keyingi mavsum ‘Liverpul’da ko‘rmayman.
Qiziq, u amaldagi mavsum yakunigacha jamoada qoladimi? Menimcha, ketishga qaror qilsa, Saloh afsuslanadi.
Uni ‘Real’ yoki ‘Barselona’ olishi ehtimoldan yiroq. Eng real variant Saudiya Arabistoni”, dedi.
Joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida 33 yoshli hujumchi 14 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Salohning “Liverpul” bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Uning transfer qiymati 30 million yevroga baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.