
Jamal Musiala jarohatdan keyin tiklanishga tobora yaqinlashmoqda. «Bavariya» matbuot xizmati xabariga ko'ra, germaniyalik hujumkor yarim himoyachi klubning asosiy tarkibi bilan mashg'ulotda ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi joriy mavsumda hali maydonga tushgani yo'q. U yozda Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida kichik boldir suyagini sindirib, to'pig'ini chiqarib olgandi.
Shu bilan birga, Musialaning umumiy guruh bilan mashg'uloti uzoq davom etmadi: u jamoadoshlari bilan qizish mashqlarini bajardi, bir necha topshiriqlarni ado etdi va shundan so'ng yana individual tiklanish dasturiga qaytdi. 14-tur yakuniga ko'ra, «Bavariya» Bundesligada ikkinchi o'rindagi jamoani 9 ochkoga ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.