Gvardiola Jyeremi Dokuning yil oxirigacha safdan chiqqanini aytdi

Gvardiola Jyeremi Dokuning yil oxirigacha safdan chiqqanini aytdi
Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa vingeri Jyeremi Doku joriy taqvim yilining qolgan qismida maydonga tusha olmasligini ma'lum qildi. “Dokuning qancha muddatga safdan chiqqanini aniq bilmayman.

Ikki yoki uch hafta. Balki u yangi yilda, 1-yanvar kuni “Sanderlend”ga qarshi o'yinda maydonga qaytar”, — deya Gvardiolaning so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Doku bu mavsum “Siti” safida 22 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Manchester Siti” APL chempionlik poygasida “Arsenal”ning asosiy ta'qibchilaridan biri bo'lib, “Aston Villa” ham bu guruhda tilga olinmoqda.

Hozir “shaharliklar” 34 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadamdan atigi ikki ochko ortda qolgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar