date

FIFA ramziy terma jamoasida PSJdan olti futbolchi bor


FIFA The Best marosimida yil yakunlari bo'yicha ramziy terma jamoa e'lon qilindi. Tarkibga klub darajasida eng yorqin va barqaror o'yin ko'rsatgan futbolchilar kiritildi.

Darvozabon pozitsiyasiga PSJ vakili Janluiji Donnarumma kiritildi. Himoya chizig'idan Parij klubining uch futbolchisi — Ashraf Hakimi, Vilyam Pacho va Nunu Mendesh, shuningdek, «Liverpul» sardori Virjil van Deyk joy oldi.

Yarim himoyada «Real» (Madrid) futbolchisi Jud Bellingem, PSJ a'zosi Vitinya, «Barselona»dan Pedri hamda «Chelsi» vakili Koul Palmer qayd etildi. Hujumda esa «Barselona»ning yosh yetakchisi Lamin Yamal va PSJ hujumchisi Usmon Dembele ramziy terma jamoaga kiritildi.

Shu marosimning o'zida FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike e'tirof etilgani ham ma'lum qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA ramziy terma jamoasida PSJdan olti futbolchi bor