date

Rafinya ramziy termaga kirmadi: rafiqasidan keskin munosabat

Rafinya ramziy termaga kirmadi: rafiqasidan keskin munosabat

Braziliya milliy jamoasi va «Barselona» klubi hujumchisi Rafinyaning turmush o‘rtog‘i Nataliya Belloli FIFA talqiniga ko‘ra 2025 yilning ramziy terma jamoasi e’lon qilinganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘z noroziligini ochiq bildirdi. Uning fikricha, bunday qaror futbolchi mehnatini inkor etishga teng.

Belloli Instagram sahifasida joylagan izohida kinoya bilan murojaat qildi.

«Rafinya basketbol o‘ynayapti deb o‘ylaysizlarmi? U yilning eng yaxshi jamoasida bo‘lishga loyiq emasmi? Endi buni hatto yashirishmaydi ham», — deya yozdi u. Ushbu fikr qisqa fursat ichida muxlislar orasida keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Bunday reaksiya bekorga emas. Chunki o‘tgan mavsum Rafinya faoliyatida eng samarali yillardan biri sifatida tarixga kirdi. Braziliyalik hujumchi «Barselona» safida barcha musobaqalar doirasida 57 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol urib, 26 ta golli uzatma amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkichlar uni jamoaning asosiy tayanch futbolchilaridan biriga aylantirdi.

Ayniqsa, Yevropa Chempionlar ligasida Rafinyaning o‘yini alohida e’tirof etildi. U turnirning eng yaxshi to‘purari sifatida 13 ta gol urdi, shu bilan birga 8 ta golli uzatma bilan eng yaxshi assistent maqomini ham qo‘lga kiritdi. Bunday natijalarga qaramay, uning ramziy terma jamoaga kiritilmagani ko‘plab muxlislar uchun tushunarsiz bo‘ldi.

Kataloniya klubi bilan birgalikda Rafinya Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubokni qo‘lga kiritib, mavsumni deyarli ideal tarzda yakunladi. Shu bois ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab futbol ishqibozlari Bellolining fikrlarini qo‘llab-quvvatlab chiqmoqda.

Bu holat yana bir bor futbolda individual natijalar bilan rasmiy baholash o‘rtasidagi tafovut qanchalik katta ekanini ko‘rsatdi. Rafinya esa tanqidlarga javoban maydondagi o‘yini bilan javob berishda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rafinya ramziy termaga kirmadi: rafiqasidan keskin munosabat